Tikuvchi

Tikuvchi

XIZMAT KO`RSATISH VA SERVIS SOXA KASBLARI

Tikuvchi tikuv mashinalari yoki qo`lda turli matolardan narsalarni tikish bo`yicha tayyorlov, oddiy yoki murakkab ishlarni bajaradi. U bichish sifatini nazorat qiladi, furnituraning rangga va vazifasiga mosligini kuzatadi. Ipning tarangligi va chokning tezligini boshqaradi. Tikuv mashinasining ishidagi mayda nuqsonlarni bartaraf etadi. Monomarkazda tikuvchilikka o`rgatish gazlamalarga qo`lda va mashinada ishlov berishga, ishlab chiqarish jihozida ishlash ko`nikma va malakalarini egallashga asoslanadi.