Ofitsiant

Ofitsiant

XIZMAT KO`RSATISH VA SERVIS SOXA KASBLARI

Batler - bu xodimlar va ish beruvchining mulkini boshqaruvchi yuqori malakali ishchi. Dunyoning har bir davlatida odamlar uy-ro`zg`orni boshqarish, tadbir va sayohatlarni tashkillashtirish bilan shug`ullanish, mehmonxonalarni bronlashtirish, buyurtmalar qilish kabi ishlarga vaqtini ketkazmaslik va o`z vaqtini oilasiga, karerasiga va sevimli mashg`ulotiga bag`ishlash uchun uy xodimlarini yollaydi. Batlerlar mehmonxonalarda, uy-qarorgohlarda, yaxtalarda o`z faoliyatlarini olib borishlari mumkin. Zamonaviy batler kasbining yana boshqacha nomlari ham bo`lishi mumkin, misol uchun, qarorgohlar menejeri, uy boshqaruvchi, bosh xizmatkor, konserj. Biroq eng asosiysi shu nom ortidagi professional insonning faoliyati. Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko`rsatish, dasturxonga taomlar tortish va stollarni yig`ishtirish kabi oddiy ishlardan tashqari batler-ofitsiant qo`l sochiq va gilamchalarni almashtiradi, zaldagi tozalikka javob beradi, u bayram tadbirlari uchun xonani yasatishda ham ishtirok etishi mumkin. Batler-ofitsiant mehmonlarning savollariga to`g`ri javob bera olishi kerak, zaruratga qarab qandaydir taomlar, ichimliklarni tavsiya qilishi mumkin. U buyurtmaning yakuniy narxini tuzadi, mijozlar bilan hisob-kitob qiladi va singan idish yoki pulni to`lamay qochib ketgan mijoz uchun moddiy javobgar hisoblanadi. Har bir malakali batler-ofitsiantning asosiy vazifasi mijozning restoran yoki mehmonxonani yaxshi kayfiyat bilan tark etishi va ko`rsatilgan xizmatdan ko`ngli to`lishidir. Buning uchun quyidagi malaka va bilimlar zarur bo`ladi: stolni tuzash qoidalarini bilish; asosiy taomlarning tayyorlanishidagi o`ziga xosliklarni bilish; taomlarning tayyorlanish va dasturxonga tortish xususiyatlarini bilish (o`z ish joyida); Odob-axloq qoidalariga rioya etish; Narxning kelib chiqishi haqida ma`lumotga ega bo`lish; Mahsulot va ichimliklarning bir-biriga mosligini bilish; Ingliz tilini bilish (lyuks klassiga xizmat ko`rsatish uchun).