Блог

🤝Monomarkazning hamkorlari soni yana bittaga ko‘paydi.

Bugun Monomarkazda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-feraldagi PQ-4998-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarishni inobatga olgan holda “Ishga marhamat” Monomarkazi va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi bilan zargarlik sohasida yoshlar uchun o‘quv kurslarni tashkil etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik memomrandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik memorandumining maqsadi Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida sheriklik asosida “ustoz-shogird” uslubida zargarlik sohasida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalar asosida yoshlarni kasbga o’qitishni tashkil etish va to‘g‘ri amalga oshirishdan iborat.