Блог

“ Ishga marhamat” Monomarkazi va Uzbek-China professional training markazi Xitoyda ta’lim olish istagida bo‘lganlarni Xitoy tili kurslariga taklif etadi!

👌O‘z kelajagingizni keskin o‘zgartirmoqchimisiz?

🤷‍♂️Xitoydadagi nufuzli universitetlarda GRANT asosida tahsil olmoqchimisiz? Shunday ekan, Siz biz bilan orzularingizni amalga oshiring.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, “Ishga marhamat” Monomarkazi, “Petrochina Zhuo-hua Petrochemical Co., Ltd” kompaniyasi bilan birgalikda faoliyat yurituvchi Uzbek-China professional training markazi hamkorlikda O‘zbekiston yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi imkoniyatlar yaratdi.

📌Kompaniya quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
✔️ Xitoy tilini innovatsion va qiziqarli usullarda o‘rganish.
✔️O‘rta maxsus ta’lim diplomiga ega yoshlarni Xitoyning nufuzli universitetlariga (XI`AN SHIYOU UNIVERSITETI, CAPITAL NORMAL UNIVERSITY, SICHUAN INSTITUTE OF INDUSTRIAL TECHNOLOGY va h.k) GRANT asosida tahsil olishga tayyorlash.
✔️ Xitoy tilida bilim darajasiga ega bo‘lgan yoshlarni universitetning bakalavriat, magistratura, doktorantura bosqichlariga ariza topshirishda konsalting xizmatini taqdim etadi.
✔️Kompaniya, “XI`AN SHIYOU UNIVERSITETI” bilan tuzgan shartnomaga asosan, o‘rta maxsus ta’lim bitiruvchilarini ushbu universitetda GRANT asosida tahsil olishga imkoniyat yaratadi, shuningdek universitetni a’lo natijalarga bitirgan o‘quvchilarga kompaniyada ish o‘rinlarini yaratadi.
Bundan tashqari, yoshi va kasbidan qat’iy nazar, Xitoy tiliga qiziqishi bo’lgan yurtdoshlarimizni ham Xitoy tili kurslariga taklif etadi.

Tinglovchilar yosh chegarasi:

17-30 (bakalavriat bosqichi uchun)
23-40 ( Magistratura bosqichi)

Xitoy tili darslari Xitoyning malakali o‘qituvchilari tomonidan Xitoy o‘quv tizimiga asoslangan holda o‘tiladi va universitet o‘quvchilarning bilim darajasiga kafolat beradi.

☎️Tel: +99899 5582006
+99893 376 85 80