Biz haqimizda

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustda PQ №3913-sonli Qarori asosida, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Band bo`lmagan aholiga xizmat ko`rsatuvchi “Ishga marhamat” Monomarkazida tashkil topgan. Bugungi kunda Monomarkaz Ishsiz va band bo`lmagan aholini qisqa muddatlarda mehnat bozoridagi talab yuqori bo`lgan kasblarga o`qitish, kasbga yo`naltirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, xorijiy tillar hamda tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko`nikmalariga o`qitish, xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin ko`niktirish, qaytib kelgan mehnat migrantlarini ijtimoiy moslashuviga ko`maklashish, ularga psixologik va yuridik xizmatar ko`rsatish, ishchi kasblar va xorijiy tillar bo`yicha malaka darajalarini baholash va tasdiqlash xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda. 2020 yil 11 avgustdagi «Kambag`al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o`qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-4804-sonli Qarorlariga muvofiq O`zbekistonda yoshlarni kasbga o`qitishning zamonaviy tizimini joriy etish va rivojlantirish milliy taraqqiyotimizning va global mehnat bozoridagi munosib o`rnimizni topish hamda «Ishga marhamat» Monomarkazlari va kasb-hunarga o`qitish markazlari bitiruvchilarining kasbiy malakasini WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek baholashdan muvaffaqiyatli o`tgan bitiruvchilarga mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills pasporti taqdim etilishi ko`zda tutilgan. Shuningdek, Monomarkazda o`qishni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat – Sertifikat o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi diplomi darajasiga tenglashtiriladi. Monomarkazda mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq bo`lgan 22 turdagi ishchi kasblar, 5 ta xorijiy til hamda tadbirkorlik ko`nikmalari va moliyaviy savodxonlik bo`yicha qisqa muddati 2,3,4 oylik o`quv kurslari tashkil etilgan. Ular quyidagilar: Qurilish mutaxassisligi bo`yicha: cuvoqchi, buyoqchi, g`isht teruvchi, gipsokarton bilan ishlovchi usta, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash ustasi. Texnik mutaxassislik bo`yicha: Yuk ko`tarish mashinasi operatori, elektrik, maishiy texnikalarni ta`mirlash ustasi, santexnik ishlari bo`yicha usta, frezerlik bo`yicha usta, tokarlik ishlari bo`yicha usta, payvandlovchi; Servis va xizmat ko`rsatish sohasi bo`yicha: kosmetolog, batler-ofitsiant, erkaklar sartaroshi, ayollar sartaroshi, neyl-stilist, Yosh bolalar uchun enaga va tarbiyachi yordamchisi mutaxassisi, uqalovchi, tikuvchi, oshpazlik-qandolatchilik-ketring, vizajist; Kompyuter savodxonligi va mehatronika sohasi; Xorijiy tillar bo`yicha: ingliz tili, yapon tili, xitoy tili, koreys va rus tillari; Tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko`nikmalarini shakllantirish bo`yicha: Har bir kasbga o`qitish sohasi nazariy mashg`ulotlar qismiga 22 soatlik tadbirkorlik asoslari kursi kiritilgan bo`lib, unda tadbirkorlikni to`g`ri tashkil etish, tadbirkorlik modelini tuzish, tadbirkorlikning ichki va tashqi muhitlarini tahlil qilish hamda o`zaro bog`liqligini o`rganish, daromad olish yo`llarini o`rganish va daromadni to`g`ri yo`naltirish, tadbirkorlik strategiyasi va uning kelajakdagi istiqbollarini belgilash, marketing va logistika tarmoqlarini o`rganish, mahsulot va xizmatlarni bozorga tayyorlashni o`rganish, tadbirklorlikda iqtisodiy va moliyaviy tizim barqarorligi, tadbirkorlik faoliyatini baholash va tahlil qilish, yangi istiqboldagi rejalar va vazifalarni to`g`ri belgilashda eng muhim tushunchalar bilan tinglovchilarga bilim berib boriladi. Undan tashqari, o`z tadbirkorlik faoliyati boshlamoqchi bo`lgan fuqarolar uchun tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko`nikmalari bo`yicha alohida dasturlar asosida o`quv kurslari tashkil etilgan. Ushbu o`quv kurslarda tadbirkorlik huquqi va bozor iqtisodiyoti asoslari, biznesni yuritish tartib-taomillari, moliyaviy savodxonlik, soliqqa tortish asoslari, eksport-import operatsiyalari va marketing asoslari o`qitiladi. Yil boshidan beri, jami murojaatlar soni 1331 tani tashkil etib, shundan 679 nafari – 51%i xotin-qizlar, 652 nafari – 49%i erkaklardir. Jami murojaat qilganlarning 746 nafari – 56%ini yoshlar tashkil etdi. Shundan jami yoshlarning 369 nafari – 28%i 30 yoshgacha bo`lgan xotin-qizlar bo`lsa, 377 nafari – qariyb 28%i 30 yoshgacha bo`lgan erkaklardan iborat. Respublika bo`yicha jami 1041 nafar fuqaroning o`qish bo`yicha arizalari qabul qilindi. «Ishga marhamat» Monomarkazi bugungi kunda Rossiya Xalqlar Do`stligi Universiteti, Vissman akademiyasi, Worldskills International Assotsiatsiyasi, «Ishga marhamat» Monomarkazi rahbariyati, Xitoyning Nankin Politexnika instituti, Yapon tili va kasbiy malaka test markazi hamda NIPPON akademiyasi va O`zbekistondagi bir necha yirik kompaniyalar, Yoshlar ishlari agentligi, Artel kompaniyasi “Milliy Tiklanish” Demokratik partiyasi va turli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va memorandumlar imzolangan.