Блог

Monomarkazda seminar!

Xabaringiz bor, Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi va Germaniyaning “Viessmann” akademiyasi O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda bir nechta loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Bugun ham ana shunday loyihalardan biri – “Santexnik-chilangar” kasbi tinglovchilariga hamkor vakili N.Kabulov va muhandis-usta B.Choriyevlar tomonidan “Zamonaviy ikki konturli qozonlarni ta’mirlash va o’rnatish” mavzusi bo’yicha seminar tashkil etildi. Mazkur seminar va undan olingan amaliy bilimlar tinglovchilarning o’z sohasida faoliyat yuritishlariga ko’maklashishiga ishonamiz.
Bizni kuzatishda davom eting!
___________________________________