Блог

Monomarkazlar faoliyati

Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” Monomarkazi direktori Nodira Umarova hamda direktorning birinchi o‘rinbosari Ma’ruf Sodiqov har bir viloyatda ochilayotgan Monomarkazlarning tashkil etilishida bevosita ishtirok etishmoqda. Ular viloyat markazlarining qurilishi va jihozlanishidan tortib zamonaviy ko‘rinishiga kelgunigacha bo‘lgan jarayonga bosh-qosh bo‘lib, amaliyotga joriy etishda o‘z hissalarini qo‘shishmoqda. Mas’ullarning sa’y-harakatlari bilan Namangan, Samarqand viloyatlari, Nukus shahri, Denov tumanlarida shinam va kasblarga qisqa muddatda o‘qituvchi Monomarkazlar o‘z faoliyatini boshladi. Bugun Jizzax viloyati Jizzax shahrida tashkil etilayotgan markaz faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Keyingi manzil – Buxoro viloyati.