Блог

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga muvofiq, joriy yilda hududlarda bosqichma-bosqich..

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga muvofiq, joriy yilda hududlarda bosqichma-bosqich kasb-hunarga o‘rgatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazlari ish boshlamoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qarori bilan monomarkazlarning maqomi, maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish hamda moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Nizom qabul qilindi. Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyatidan amaliy tavsiyalar, shuningdek, hududlardagi monomarkazlarni kasb yo‘nalishlariga mos tarzda jihozlash hamda tashkiliy jarayonlarga oid amaliy ko‘rsatmalar berib borilmoqda. Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori Nodira Umarova va birinchi o‘rinbosar Ma’ruf Sodiqovlar, ya’ni ishchi guruhning navbatdagi manzillari – Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tashkil qilinayotgan monomarkazlar bo‘ldi. Yaqin orada ushbu monomarkazlar ham hudud aholisi uchun o‘z xizmatlarini taqdim etishni boshlaydi. Quyidagi jarayondan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin: