MONOMARKAZ YANGILIKLARI

Monomarkazda imtihon!

Bugun Xizmat ko`rsatish va servis sohalaridan biri hisoblangan kosmetologiya yo`nalishi 4/21-guruh 11 nafar o`quvchilarining yakuniy malaka imtihoni bo`lib o`tmoqda. Imtihonga poytaxtimizdagi "Bella" go`zallik saloni kosmetologi Nodira O`rinboyeva raislik qilmoqda.

Yakuniy malaka imtihoni bo`lib o`tdi.

Bugun 7-iyun sanasida Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi Texnik sohalarga o`qitish bo`limi "Ko`p tarmoqli dastgohchi" kasbi o`quvchilarining 3 oy davomida o`zalshtirgan bilimlarini sinovdan o`tkazish va baholash maqsadida, an`anaga muvofiq, yakuniy malaka imtihoni o`tkazildi. Imtihon jarayonlariga poytaxtimizdagi "Paxtamash" mas`uliyati cheklangan jamiyati Bosh muhandisi Sherxon Qosimov raislik qildi.

"Ayollar daftari" asosida xotin-qizlarni o`qitish tizimi davom ettirilmoqda.

Xususan, respublikaning turli hududlaridan kelib, Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi "Sartaroshlik san`ati" kasbida 72 soatli maxsus o`quv dasturi doirasida, navbatdagi 5-guruhning 14 nafar tinglovchilari ayni vaqtda monomarkazda muhandis-usta Fotima To`laganova boshchiligida amaliyot jarayonlarida kasbning sir-asrorlarini o`zlashtirmoqdalar.

O`zgacha yondashuv...

Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi matbuot xizmati va ijodiy guruh monomarkaz bitiruvchilarining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, kameralar obyektivini ularning ish joylariga qaratib, faoliyatlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Marketing va yoshlar

Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida aholi bandligiga ko`maklashish hamda band bo`lmagan aholi, xususan, yoshlar va xotin-qizlarda tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida, "Tadbirkorlik asoslari" maxsus kursi yo`nalishi bo`yicha tinglovchilar uchun amaliy mashg`ulotlar o`tkazilishi yo`lga qo`yilgani haqida avvalgi postlarimizda ham xabar bergan edik. Biznes-motivator M.Xudaynazarova tomonidan strategik-tadbirkorlik yo`nalishida turli qiziqarli mashg`ulotlar olib borilmoqda.

Surxondaryodagi yoshlar bilan uchrashuv

Ayni kunda Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo`lib turgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi direktori Nodira Umarova, direktorning birinchi o`rinbosari Ma`ruf Sadikov ushbu markazdagi yoshlar bilan uchrashdilar.

Rus tili dars jarayoni

"Uqalovchi" guruhining rus tili soatida "?????? ????. ?????? ????? ????????" mavzusi o`qituvchi-mutaxassis Shirin Dusumbetova tomonidan tinglovchilarga tushuntirib berilmoqda.

DIQQAT, E`LON!

Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida "Zargarlik" kasb yo`nalishiga fuqarolarni o`qishga qabul qilish boshlandi...

Yakuniy malaka imtihoni bo`lib o`tmoqda.

Bugun 3-iyun Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazining texnik-muhandislik sohalaridan biri "Santexnik-chilangar" kasbida tahsil olgan 10 nafar tinglovchilari 3 oy davomida o`zlashtirgan bilimlarini yakuniy malaka imtihoni (YMI)da sinovdan o`tkazishmoqda. YMIga "Viessmann" kompaniyasining O`zbekistondagi vakolatxonasi Servis menejeri No`monjon Qobulov raislik qilmoqda.

MUHIM YANGILIK!

Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qarori bilan joriy yilda hududlarda bosqichma-bosqich kasb-hunarga o`rgatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazlari o`z ish faoliyatini boshlab kelmoqda.

DIQQAT QABUL BOSHLANDI!

Yaponiyada «Texnik stajor» va «Tokutei ginou» dasturida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi «Ishga marhamat» monomarkazida «Yapon tili va maxsus malaka kurslari»ning 3-chi guruhiga ro`yxatdan o`tish boshlanganligini ma`lum qilamiz.

Kasbiy malakani baholash tizimi

Xalqaro mehnat bozorida mehnatga oid kasb darajasini belgilovchi sertifikatlarga ehtiyoj borligi, ish beruvchi xalqaro miqyosdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ushbu hujjatlarning alohida e`tirof etilishi va inobatga olinishi yaqqol ko`zga tashlanmoqda.

Monomarkaz xodimi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazining Statistik ma`lumotlar, xalqaro aloqalar va matbuot axborot bo`limi boshlig`i Shohrux Nuraliyev 2021-yil 21-may kuni Andijon davlat universiteti mas`ulligida "Nutq madaniyati va o`zbek tilshunosligining dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etgan edi. Bugun xodimimiz xalqaro konferensiyaning sertifikati bilan taqdirlandi.

12345678910111213Keyingisi