Блог

Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Mehnat vaziri Elmira Zaripova

Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Mehnat vaziri Elmira Zaripova rahbarligidagi ish beruvchilar delegatsiyasi «Ishga marhamat» Monomarkaziga tashrif buyurib, o‘qish jarayoni bilan tanishdilar. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov delegatsiya vakillari bilan bir necha sohalarda mehnat migrantlarini tayyorlash bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Qonuniy mehnat migratsiyasida Rossiya hamda Tatariston Respublikasiga ishlash uchun ketayotgan migrantlarning kasbi va rus tilini bilish imkoniyatlari zarur ekanligi ta’kidlandi.