Imkoniyati cheklanganlar uchun

Biz haqimizda

Monomarkaz O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustda PQ-3913-sonli Qarori asosida, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Band bo`lmagan aholiga xizmat ko`rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli Qarori bilan Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi deb yuritiladi.

Monomarkazning asosiy vazifalari:

– Ishsiz va band bo`lmagan aholini qisqa muddatlarda mehnat bozoridagi talab yuqori bo`lgan kasblarga o`qitish, kasbga yo`naltirish, jumladan, quyidagi sohalarda 1,2,3,4 oylik o`quv kurslarini tashkil etish;
– Qurilish sohasi mutaxassisligi bo`yicha: suvoqchi, bo`yoqchi, g`isht teruvchi, gipsokarton va metall profillarga ishlov beruvchi usta, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash ustasi;
– Texnik soha mutaxassisligi bo`yicha: yuk ko`tarish kranlari operatori, elektr ustasi, maishiy texnikalarni ta`mirlash ustasi, santexnik ishlari bo`yicha usta, frezerlik ishlari bo`yicha usta, tokarlik ishlari ustasi, payvandlash ishlari ustasi;
– Servis va xizmat ko`rsatish sohasi bo`yicha: kosmetolog, erkaklar sartaroshi, ayollar sartaroshi, neyl-stilist, yosh bolalar uchun enaga va tarbiyachi yordamchisi mutaxassisi, uqalovchi, tikuvchi, oshpaz, qandolatchi, ofitsiant-batler, vizajist, landshaft dizayneri;
– Raqamli texnologiyalar kurslari: kompyuter savodxonligi, veb-dasturlash va 1C buxgalteriya;
– xorijiy tillar, xususan: ingliz tili, yapon tili, xitoy tili, koreys, rus va turk tillariga o`qitish;
– xizmat ko`rsatish va servis yo`nalishining yangi hamda talab ortib borayotgan tarmoq sohalari: call-operator, kardlar bo`yicha inspektor va kotib-resepshionist kasblarida o`quv-amaliyot mashg`ulotlarini tashkil etish;
– aholini “Tadbirkorlik asoslari” kursida tadbirkorlikka jalb etish hamda tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko`nikmalariga o`qitish maqsadida fuqarolarga tadbirkorlikda muvaffaqiyatli bo`lish texnologiyasi, marketing-tadqiqotda bozorni o`rganish, biznesni muvaffaqiyatli boshlash uchun biznes g`oya tanlash va uni tahlil qilish, tadbirkorlikda korxonaning yuridik maqomini tanlash (YTT, MCHJ, OK, AJ) haqida ma`lumot berish;
– xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin ko`niktirish, qaytib kelgan mehnat migrantlarini ijtimoiy moslashuviga ko`maklashish, psixologik yordam ko`rsatish;
– 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag`al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o`qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4804-sonli Qaroriga muvofiq, O`zbekistonda yoshlarni kasbga o`qitishning zamonaviy tizimini joriy etish va rivojlantirish yo`lida milliy taraqqiyot hamda global mehnat bozoridagi munosib o`rnini topishda kasbiy malakani baholash, shungdek, mazmur Qaror asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va bir nechta olis tumanlarda tashkil etilgan “Ishga marhamat” monomarkazlari faoliyatini o`quv-metodik ta`minlash va muvofiqlashtirish;
– o`quv dasturi va o`qituvchilarni mustaqil tanlash;
– bitiruvchilarning kasbiy malakasini “WorldSkills International” standartlari asosida baholash, shuningdek, baholashdan muvaffaqiyatli o`tgan bitiruvchilarga mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda tan olinadigan “Skills” pasporti berilishini nazorat qilish va ta`minlash;
– o`quv-metodik qo`llanmalar ishlab chiqish va tasdiqlash;
– “Ishga marhamat” monomarkazlari tomonidan bitiruvchilarga beriladigan, kasb-hunar ta`limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan o`qishni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat – davlat namunasidagi sertifikatlarni bitiruvchilarga taqdim etishdan iboratdir.